TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN.

Oliy toifali pediatr shifokor, Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, Turon fanlar akademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor T.A.Bobomurotov 60 yoshni qarshiladi.

Teran fikrli, keng tafakkurli, ochiq qalbli, tibbiyot ilmidagi ildam harakati, muhimi odamlarga ibrat boʻla oladigan, kamtarona xislatlari bilan jamiyat oldidagi burchini oʻzi uchun farz bilgan olim uzoq  yillar davomida oʻzining shifokorlik mahorati, pedogoglik faoliyatidagi iborati, yoshlar bilan ishlashdagi tashkilotchilik qobiliyati va  ibratli insoniy fazilatlari bilan koʻpchilikka ibrat boʻlib kelmoqda.

Turdiqul Akramovichning ilmiy-pedogogik faoliyati Baxmal tumanidagi shifoxonadan boshlandi.

Olimning sermazmun, qizgʻin faoliyati 1989 yildan boshlab Samarqand tibbiyot institutida kechgan qator masʼuliyatli vazifalar jarayonida sinaldi.

Dastlab, klinikaning bolalar boʻlimida vrach, boʻlim boshligʻi, aspirant, assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri, xodimlar kasaba uyushma qoʻmitasi raisi, davolash fakulteti dekani vazifalarida ishlagan Turdiqul Akramovich 1994 yilda nomzodlik ishini yoqladi. 1995 yil Oliy toifali pediatr vrach toifasini oldi. 2002 yilda “Kichik yoshli bolalarning oʻtkir bronx-oʻpka kasalliklarida regional limfatik terpiya va tor spektrli infraqizil nurlarni qoʻllashning samaradorligi» mavusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2004 yilda professor ilmiy unvonini olishga erishdi.

Ayni kunda olim Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari va maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Pediatr olim sifatida Turdiqul Akramovich, bolalar oʻlimi va bu bilan bogʻliq kasalliklarni kamaytirish ustida eng dolzarb 8 ta yoʻnalishda ish olib borgan.

Turdiqul Akramovichni qator yillar davomida TTA va ToshPMI qoshidagi pediatriya boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining tibbiyot sohasi boʻyicha eksperti sifatida ham faoliyat koʻrsatgan. Uning rahbarligida 5 ta nomzodlik, 2 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan. 5 ta disser¬tatsiya himoyaga tayyorlandi. 250 dan ortiq ilmiy, oʻquv-uslubiy ishlari ilmiy-ommabop jurnallarda chop etilgan. T.Bobomurotov tibbiyot ilmiga 7 ta darslik va kitoblari, 8 ta monografiya, 11 ta ixtirosi bilan munosib hissa qoʻshgan. Turdiqul Akromovichning koʻp yillik mehnatlari, ibratli hayoti va faoliyati “Samarqand tibbiyot tarixi”, “Jonim fido”, “Tibbiyot akademiyasining 100 yillik tarixi”, “Odam ilmi, Olam ilmi demakdir” deb nomlangan kitoblarga kiritilgan.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan