E’lon: AQShlik ekspertdan TTAda ochiq muloqot!!!

Ushbu muloqotda O‘zbekistondan AQShga ketib, IT-sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Zarina Zaynutdinova, InSayn Tech LLC asoschisi va IT-Park rezidenti, ishtirok etadi.

Ochiq muloqotda IT-eksperti qisqa muddatda qanday qilib AQSh da IT-sohasida “0” balansdan hozirgi muvaffaqiyatli kampaniyaning asoschisigacha erishgani, sog‘liqni saqlash sohasida ITni rivojlantirish, hamda qanday o‘quv kurslari mavjud ekanligi haqida ma’lumot beradi.

Ushbu IT-sohasidagi kurslar uchun 1 ta grant o‘rni ham ajratilgan. Muvaffaqiyatli bitiruvchilar AQShning IT mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga ko‘mak berish hamda loyihalarga jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Vaqti: 2024-yil 14-mart, soat 14:00 da

Manzil: TTA bosh o‘quv binosi, 4 qavat, 401-ma’ruzalar zali

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan