«AYOLLAR LIGASI» talaba-qizlar o’rtasida Zakovat intellektual o’yinining 2-turi o’tkazildi

AYOLLAR LIGASI

Toshkent tibbiyot akademiyasi Xotin-qizlar kengashi tomonidan «AYOLLAR LIGASI» talaba-qizlar o’rtasida Zakovat intellektual o’yinining 2-turi o’tkazildi.

2-turda 14 ta jamoadan iborat talaba qizlar jamoasi faol ishtirok etdi. 100 nafarga yaqin talaba-qizlar bir olam taasurotlar bilan shiddatli jarayonda, bahslarga boy tarzda bellashdilar.

“Zakovat”da berilgan savollar talabalarni yanada chuqurroq fikrlashga, do‘stona raqobat muhitida o‘z fikrlarini erkin bayon etishga o‘rgatadi. «Ayollar ligasi» o‘yinda ishtirok etgan har bir talaba o‘zi uchun ko‘plab bilimga ega bo‘ldi va “Zakovat” o‘yiniga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.

Eslatib o’tamiz: «Ayollar ligasi» 7 ta turli bo’lib, har 2 haftada 1 marotaba o’tkazilishi va jami 7 ta turda yuqori ballarni qo’lga kiritgan jamoalar o’yinlar so’ngida diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

AYOLLAR LIGASI AYOLLAR LIGASI

AYOLLAR LIGASI AYOLLAR LIGASI

AYOLLAR LIGASI

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan