Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori, Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Bobomurotov Turdiqul Akramovich I.P.Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universitetining taklifiga asosan, joriy yilning 22-25 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Ryazan shahriga xorijiy xizmat safariga yuborish rejalashtirilmoqda.
Mazkur xizmat safari maqsadi, “Respirator tibbiyot” 1-umumrossiya assambleyasida ishtirok etish, Akademiya hamda Universitet o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Ushbu xizmat safar rejasiga muvofiq, Universitetning rahbariyati, Gospital pediatriya kursi bilan bolalar kasalliklar kafedrasi mudiri va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Universitet talabalari bilan uchrashuvni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.