Hurmatli ilmiy rahbarlar (doktorant va izlanuvchilaringiz diqqatiga)!

e'lon

Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilarga malakaviy imtihonlar o‘tkazilish yuzasidan,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan mutaxassislik fanlari va chet tillari bo‘yicha navbatdagi malakaviy imtihonlar (rejaga asosan) uchun hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Malakaviy imtihon topshirish uchun hujjatlar ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim qilinadi, jumladan:

  1. Ariza (telefon raqami ko‘rsatilgan holda);
  2. ID karta (Pasport) nusxasi;
  3. Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash va/yoki chop etilgan OAK byulletendan nusxasi;
  4. Boshqa muassasa ilmiy izlanuvchilari uchun – yo‘llanma xat (TTA Rektor nomlariga);
  5. Annotatsiya;
  6. 3,4 shakl.

Hujjatlarni taqdim etish joriy yilning 5-30-aprelga qadar davom etadi.

Izoh Malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan sana va bo‘lib o‘tadigan joy qo’shimcha xabar beriladi.

Hurmat bilan, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan