Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi 100-sonli imkoniyati cheklangan maktab internatiga tashrif buyurishdi.

tashrif

«Mehr muruvvat va saxovat insonni ulug’laydi» Hozirgi kunda yurtimizda Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu-tashvishlarini eshitish, muammolarini hal etishga komaklashish umummilliy harakatga aylanmoqda. Inson havo va suvsiz yashab bolmaganidek, mehr-muruvvatsiz ham yashab bo`lmaydi.

Xayr va saxovat insonni ulug’lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor bo’lishi barchamizga ma’lum. Saxiylik ezgulikni yuksaltiruvchi, demakki, do’stlarning ko’payishiga imkon yaratuvchi xususiyat bo’lib, inson uchun saxovatdan yaxshiroq va azizroq yoqimli sifat yo’q.

Mehr-saxovat, bag’rikenglik xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir!

tashrif  tashrif

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan