“Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega” – Shavkat Mirziyoyev. Toshkent tibbiyot akademiyasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini muntazam ravishda olib bormoqda. Yosh avlodni munosib tarbiyalash va ularda tibbiyot kasbiga mehr uyg‘otish maqsadida 2-Respublika Jamoat salomatligi texnikumi bitiruvchilarining 60 nafari Akademiyaga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida simulyatsion markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan fantomlar va kompyuterlashtirilgan simulyatorlardan foydalanib, bemorga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha Master-klass hamda mahorat darslari o‘tkazildi hamda Akademiya muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.