DIQQAT TANLOV!

Toshkent tibbiyot akademiyasining ijodkor talaba va oʻqituvchilari tomonidan Adiblar xiyobonini targʻib qilish maqsadida yaratilgan eng sara ijod namunalari boʻyicha tanlov oʻtkazilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar hamda oʻqituvchilar Adiblar hiyobonida haykallari joylashgan taniqli shoirlar va yozuvchilar ijodini yorituvchi ijodiy ishlari ( oʻzlari yaratgan qoʻshiqlar, videoroliklar, tasviriy sanʻat asarlari, badiiy va sheʻriy asarlari) bilan qatnashishlari mumkin.

Ijodiy ishlar joriy yilning aprel, may va iyun oylari davomida fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.

Tanlov natijalari noyabr oyida e’lon qilinadi. Tanlovning 1-,2-,3-o‘rin g‘oliblari rahbariyatning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan