#Ma’rifat_ulashib
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi qizg’in davom etmoqda…
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos Otabek Jo’raboyev Rustam o’g’li Olmazor tumanidagi 22-maktab o‘quvchilari bilan uchrashdilar. Tashrifda Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor F.L.Azizova, Farmatsiya, Menejment, Tibbiy biologiya, Biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti dekani S.U.Aliyev, dekan o’rinbosarlari, mas’ullari hamda iqtidorli talabalar birgalikda ishtirok etishdi.
Dasturda maktab o’quvchilari tayyorlagan ijodiy sahnalar taqdim qilindi va o’ziga xos usulda adabiyot hamda tibbiyot sohasi vakillari maktab yoshlari bilan dildan suhbatlashdi. Ushbu tadbir nafaqat ma’rifat va ma’naviyat kechasi, bo’lib qolmay, barcha mas’ullar maktab bog’iga yosh nihollarni o’tkazishdi. Ushbu yosh nihollar mamlakatimiz go’zal tabiati, sof ekologiyasi uchun xizmat qilishiga ishonamiz.
Prezidentimiz aytganlaridek, «Adabiyot – xalqning yuragi». Shu sababli ham, tibbiyot xodimlari to’g’ridan-tog’ri xalq bilan, ularni eng avvalo til, keyin tig’ bilan davolash lozimligi bejiz aytilmagan.