«100 kitob mutolaasi» bo’yicha 6-kitob. Asar: «Ufq» romani taqdimoti bo’lib o’tdi.

Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi nafaqat yozuvchi ijodida, balki o‘zbek adabiyotida yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.Davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbat tuyg‘ularidan yiroq emasligini yaqqol yoritib berildi.

Asar 2-son davolash fakulteti 208-guruh talabasi Shodmonqulova Diyora tomonidan taqdimot qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan