29-aprel — dushanba kuni Coca-Cola Students cup musobaqasi Bunyodkor stadionida start oladi.

#STUDENTS CUP

11:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasi futbol terma jamoasi Bunyodkor stadioni sharqiy maydonida raqib jamoa «Plexanov» jamoasiga qarshi to’p suradilar.

Musobaqada 74 jamoa va 888 nafar talaba ishtirok etadi. O‘z oliygohini qo‘llash maqsadida yuzlab talabalar 29-aprel kuni Bunyodkor stadioniga tashrif buyuradi.

Mamlakat professional futboli uchun javobgar tashkilot sifatida O‘zPFL va uning ahil oilasi oldindagi bir hafta davomida talabalar uchun xizmat qilishdan baxtiyordir.

Biz ham jamoamiz futbolchi yigitlarini qo’llab quvvatlash bilan birga,ulardan shiddatli o’yinlar kutib qolamiz!

Sizlarni ham terma jamoa yigitlarini qo’llab quvvatlashga Bunyodkor stadioniga taklif qilamiz!!!
https://t.me/tma_official

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan