Hurmatli professor-o’qituvchilar, yosh olimlar va talaba-yoshlar! Toshkent tibbiyot akademiyasida 2024-yil 28-29-oktyabr kunlari “Klinik farmakologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi VI Markaziy Osiyo kongressiga taklif etamiz.
Kongress yo‘nalishlari:
1. Zamonaviy farmakologiya va klinik farmakologiyada innovatsion ilmiy yo‘nalishlar;
2. Klinik amaliyotda farmakoterapiyaning dolzarb masalalari: klinik tavsiyalarga urg‘u berish;
3. Antibiotiklarga chidamlilik: muammolar va zamonaviy yechimlar;
4. Dalillarga asoslangan va shaxsiylashtirilgan tibbiyot;
5. Klinik amaliyotda dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi;
6. Tibbiy va farmasevtika ta’limini ichki kasalliklarga e’tibor qaratgan holda modernizatsiya qilish;
7. Pediatriya va geriatriyada dori vositalarini qo‘llash xususiyatlari.
Kongress uchun material va tezislarni topshirishning oxirgi muddati 2024-yil 15-oktabrgacha e-mail: tma.klin.farma@gmail.com ga yuborishi lozim.