YANGI MAFKURA, YANGI VOQELIK!

Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil oluvchi ijodkor talabalar diqqatiga!

Sizni “MA’RIFAT ULASHIB” shiori ostida tashkil etiladigan madaniy tadbirlar guldastasiga taklif etamiz!
Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida qayd etganidek, “Ma’naviyat jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalq ham, davlat ham shuncha mustahkam bo‘ladi”

Yurtimiz shoir va yozuvchilari ishtirokidagi tadbirlar doirasida kitob mutolaasi keng targ‘ib etiladi.

Ijod va yaratuvchanlik tarannum etiladi. Bog‘ yaratib yurtga chiroy berayotgan milliy harakatimiz
#Yashil_makon loyihasida maqsadlar birlashadi.

Birgalikda bog‘ yaratamiz, ijod bilan kelajak sari birgalikda shaxdam qadam tashlaymiz. Dilovar oqshomda #Gulxan_ atrofida sevimli adiblarimiz bilan maroqli suhbat quramiz.

Safimizga qo‘shiling:
#16-oktabr:
#O‘tkazib_yubormang
#Ma’rifat_ulashib…

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan