Joriy yilning 23-noyabr kuni Respublikamiz tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalari va MDH davlatlari jumladan Rossiya va Belarussiyalik talabalar o’rtasida Tibbiyotda biofizika, informatika va muhandislik asoslari” xalqaro talabalar olimpiadasi tashkil etildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday yo’nalishdagi olimpiada yurtimizda ikkinchi bor tashkil etilmoqda. Tibbiyotda zamonaviy texnologiyalarning keng kirib kelishi va sohada yangi o’zgarishlarni amalga oshirayotgan bunday ilmiy mavzularni rivojlantirish va e’tibor qaratish kundan kunga dolzarb bo’lib kelmoqda. Xalqaro olimpiada soha rivojlanishidagi dastlabki qadamlardan biri deb e’tirof etildi.