“Tibbiyotda biofizika, informatika va muhandislik asoslari” II Xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi

Xalqaro fan olimpiadasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-6309-sonli Farmonni va 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 1-maydagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasini onlayn shaklda tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 275-sonli buyrug‘i hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorining 2024-yil 3-apreldagi 03020-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 23 noyabr kuni TTAda respublika va xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 1-2 kurs bakalavr talabalari o‘rtasida “Tibbiyotda biofizika, informatika va muhandislik asoslari” II Xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi. Olimpiadaga 680 dan ortiq talabalar ishtirok etib, unda nafaqat respublikamiz tibbiyot muassasalari balki Rossiya, Qirg‘iziston, Qozoqiston, Tojikiston, Boshqirdiston respublikalaridan ham talabalar ishtirok etishdi. Olimpiadani ochilish marosimida MDH va Yevropaning nufuzli tibbiyot OTMlaridan professor va o‘qituvchilar nutq so‘zlashdi. Jumladan: G’arbiy Makedoniya universiteti professori Xara Sidiropulou, Rossiya Federatsiyasining Sibir davlat tibbiyot universiteti Biofizika va funksional diagnostika kafedrasi mudiri S.V Gusakova, Rossiya Federatsiyasi Boshqird davlat tibbiyot universiteti  Tibbiyot fizikasi va informatika  kafedrasi mudiri, dotsent G.T.Zakiryanova, Qirg’iziston Respublikasi Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti Tabiiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Tursunaliyeva Klara, Ostona tibbiyot universiteti, Biostatistika, bioinformatika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Abdikadirova Janatlar olimpiada ishtirokchilarini tabriklashdi. Olimpiada jarayoni youtube kanalida to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilib borildi. Xalqaro talabalar olimpiadasi beshta yo‘nalishda olib borildi: 1.  Zamonaviy tibbiyotda axborot texnologiyalari 2.  Tibbiy va biologik fizika 3.  Biotibbiyot muhandisligi 4.  Tibbiyotda matematika va matematik statistika 5.  Umumiy fizika Xalqaro olimpiada TTA rektorining 2023-yil 23-martdagi 187-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan TTAda O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Xalqaro fan olimpiadasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq 3 ta bosqichda o‘tkazildi. Bunda talabalar test savollari, blits so‘rov va amaliy ko‘nikma bosqichlaridan bilimlarini sinashdi. 3 ta bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tgan talabalar olimpiada so‘ngida e’lon qilindi.

Xalqaro fan olimpiadasi Xalqaro fan olimpiadasi

Xalqaro fan olimpiadasi Xalqaro fan olimpiadasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan