Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari har bir ezgu tashabbusda faol ishtirok etishda davom etmoqda

TTA talabalari har bir ezgu tashabbusda faol ishtirok etishda davom etmoqda

Muddatli harbiy xizmatni o’tab, qo’mondonlik tavsiyanomasi asosida akademiyamizda tahsil olayotgan bir guruh talabalar Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori boshchiligida Chimir ota ziyoratgohida hashar tashkil qilishdi. Ushbu xayrli tadbir davomida ziyoratgoh hududi obodonlashtirilib, atrof-muhitni toza saqlashga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Bu kabi loyihalar yoshlarda vatanparvarlik, birdamlik va tashabbuskorlik fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarimizning yuksak maqsadlar yo‘lida o‘zini ayamasdan xizmat qilishlari esa ularning jonajon yurtimiz taraqqiyotiga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatini yaqqol namoyon etadi.

Ezgu ishlar doimo davom etadi!

TTA talabalari har bir ezgu tashabbusda faol ishtirok etishda davom etmoqda TTA talabalari har bir ezgu tashabbusda faol ishtirok etishda davom etmoqda

TTA talabalari har bir ezgu tashabbusda faol ishtirok etishda davom etmoqda TTA talabalari har bir ezgu tashabbusda faol ishtirok etishda davom etmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan