Toshkent tibbiyot akademiyasi iftoxorlari bilan tanishing

Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizi – 2001- yil 11-noyabrda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Biotibbiyot muhandisligi 4-bosqich talabasi.
Ilk bor 1-bosqichligida, 2022-yil Akademiyada ta’sis etilgan “Zulfiya” nomidagi maxsus stipendiya sohibasi bo‘ldi. O‘sha yili Germaniya davlati tomonidan tashkil qilingan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lib, aynan shu muvaffaqiyat sabab Germaniya elchixonasi bilan 9000 yevro grant miqdorida shartnoma imzoladi va ushbu mablag‘ bilan –
“Kumushkon kutubxonasi”ni tashkil qildi. Bugungi kunda mazkur kutubxona 3500 nafar qishloq aholisi, 1000 dan ortiq yoshlar uchun ilm-ma’rifat maskaniga aylangan.
Shuningdek, Koreya Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Fondining KGA dasturi bo‘yicha biotibbiyot muhandisligiga oid va Xitoyning Chison kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan UTT texnikasiga bag‘ishlangan maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan.
Uning tibbiyot sohasidagi intilishlari, Rossiyadagi “Студент года 2022” tanlovida 2-o‘rin egalladi. O‘sha yilning o‘zida “Samarkand 2020” III xalqaro olimpiadasida Anatomiya fanidan “Clinical thinking” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “KELAJAK BUNYODKORI” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Akademiyada “Abu Nasr Farobiy” nomidagi stipendiyaning sovrindori bo‘ldi. Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan X xalqaro “Medicine Pressing Questions” ilmiy-amaliy konferensiyasida tibbiyotda start-up bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.
2023-yil davomida xalqaro tajriba orttirish maqsadida Ozarbayjon Davlat Tibbiyot Universiteti va klinikalarida xalqaro mobillik dasturi asosida, amaliyot o‘tagan bo‘lsa, iyul-avgust oylarida Janubiy Koreyaning “Roen”, “Yonsei Prime”, “Yongin Severance” klinikalarida stajirovka qildi.
Shuningdek, 2023-yilda III Xalqaro “Followers of Avicenna” olimpiadasida Biofizika fanidan 1-o‘rinni egalladi va Germaniyaning Jade universiteti maxsus yozgi o‘quv kurslariga qabul qilindi. 20 dan ortiq maqola va tezislari nashr qilindi. “Biofizika” o‘quv qo‘llanmasi hammualifi hamda she’riy kitobi “Bolalikdan bugunga” nomi bilan xalqaro nashriyotda chop etildi.
2024-yilda “Sog‘liqni Saqlash Vaziri” nomidagi stipendiya sohibasi, “Digitalization – the future medicine” II talabalar xalqaro konferensiyasida 1-o‘rinni olgan. IV Xalqaro “Followers of Avicenna” olimpiadasida Biotibbiyot muhandisligi fanidan 1-o‘rinni egalladi.
2024-2025-yillarda esa Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, bir talaba yosh uchun berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qildi, 4 o‘quv yilida 4 marotaba stipendiant bo‘lib, ko‘plab tanlovlar g‘olibi bo‘ldi.
O‘zbekistonimizning yosh iqtidorli vakilasi bo‘lib, kelajakda ilm-fan va innovatsiyalar, zamonaviy tibbiyotni yanada rivojlantiradigan olima bo‘lishida muvaffaviqiyatlar tilab qolamiz.

   

 

https://www.instagram.com/marjona_kiyomova?igsh=MTByN2ZsZzExYWl0bA==

https://t.me/Kumushkon_kutubxonasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan