Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi –1999-yil 18-fevralda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida tavallud topgan. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Ginekologiya yo’nalishi bo’yicha magistratura talabasi. U 6 yoshidan boshlab sportning stol tennisi turi bilan muntazam ravishda shugʻullanib keladi. Sportning ushbu turi boʻyicha 20 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, 3 marotaba Oʻzbekiston Kubogi sohibasi boʻlgan. Oʻzbekiston yoshlari milliy terma jamoasi tarkibida mamlakatimiz chempionatlarida va xalqaro arenalarda munosib ishtirok etgan.
Respublika miqyosidagi, shuningdek “Universiada–2020”, “Rektor kubogi” musobaqalarining mutlaq g‘olibi bo‘lib, аkademiyada “Namunali sportchi” nominatsiyasi sohibasidir. Ilm-fan sohasida Muhayyo doimiy izlanishda.
Tibbiyotning dolzarb muammolariga bagʻishlangan 25 dan ortiq tezis va ilmiy maqolalari nafaqat O‘zbekistonda balki chet el nashriyotlarida (AQSH, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Yevropa va mahalliy jurnallar) jumladan: “Texas journal of medical science”, “Medical and natural science”, “Eurasian medical research periodical”, “Internauka”, “Journal of innovations in scientific and educational research” jurnallarida chop etilgan.
Ilm-fan yo‘nalishida o‘tkazilgan 20 dan ziyod olimpiadalar, nominatsiyalar va ko‘rik-tanlovlar g‘olibi bo‘lgan. Ustozlari bilan hamkorlikda tibbiyot muassasalari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tibbiy biologiya va genetika” darsligi, “Ko‘p faktorli etiologiyani hisobga olgan holda semirishda aholining ovqatlanishini gigiyenik baholash” mavzusida monografiya, “Bolalar organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari” va “Sitologiya” o‘quv qo‘llanmalari shuningdek, “Kuylagim keladi yurt jamolini”, “Koʻzimga kel” va “Zulfiyaxonim izdoshlari” sheʼriy toʻplamlari muallifidir.
Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi 2024-yilda ZULFIYA MUKOFOTI SOVRINDORI sifatida taqdirlandi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Muhayyojon kelgusida tibbiyot sohasining rivojlanishiga, Yangi Oʻzbekistonimizni gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shadigan inson kapitali boʻlib shakllanishiga ishonamiz. Kelajakda bundanda ulkan ilm choʻqqilarini zabt etishlari, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlgan yetuk shaxs, Vatanga munosib farzand, raqobatbardosh kadr, malakali shifokor boʻlib yetishishlariga tilakdoshmiz!
gazeta.tma.uz/tibbiyotnoma-2024-03 (https://gazeta.tma.uz/tibbiyotnoma-pdf/2024/tibbiyotnoma-2024-03.pdf)