Ushbu ‘’Marifat darsi”da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli adib Botirjon Ergashev, litsey pedagogik jamoasi hamda talabalar ishtirok etmoqda
Tadbir davomida Botirjon Ergashev yosh avlodning ma’naviy saviyasini oshirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va adabiyotning inson hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritmoqda. Shuningdek, u o‘z ijodi, adabiyotning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda zamonaviy yoshlar uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida fikr almashishmoqda.
Mazkur dars talabalar uchun katta ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirmoqdalar.
Shunday tadbirlar yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.