Toshkent tibbiyot akademiyasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

Bezorilik hamda hayot va sog‘liqga qarshi jinoyatlarning oldini olish

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Bezorilik hamda hayot va sog‘liqga qarshi jinoyatlarning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi S.P. Saidazimov, Akademiyaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari, psixologlar hamda faol talabalar ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan bezorilik, zo‘ravonlik, jamoat tartibini buzish kabi holatlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, jinoyatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni huquqiy ongli va ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bezorilik hamda hayot va sog‘liqga qarshi jinoyatlarning oldini olish Bezorilik hamda hayot va sog‘liqga qarshi jinoyatlarning oldini olish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan