Toshkent tibbiyot akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens-nazorat bo‘limi xodimi Xusan Ravshanov tomonidan akademiyaning birinchi kurs talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda, akademiyada korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qayta aloqa kanallari, taklif va mulohazalar aytib o‘tildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatni baholashga ko‘maklashuvchi so‘rovnoma o‘tkazildi.