9-aprel — Amir Temur tavalludiga 689 yil to’ldi

Amir Temur

Bugun — tarix sahifalarida oltin harflar bilan yozilgan sanalardan biri. 1336-yil 9-aprel kuni Shahrisabz yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan Sohibqiron Amir Temur nafaqat O‘rta asr Sharqining ulkan sarkardasi, balki buyuk davlat arbobi, dono strateg, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida tarixda chuqur iz qoldirgan.

“Kuch adolatda!” shiori ostida yuritgan siyosati nafaqat o‘z davrida, balki ming yillar osha avlodlarga saboq va ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.

Bugun biz Amir Temur vorislari — yoshlar uning merosini chuqur o‘rganib, adolatli jamiyat, ilmli avlod va kuchli Vatan qurishga hissa qo‘shishimiz kerak.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan