Kuni kecha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektori v.v.b Shuhrat Boymuradov nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting kompaniyasining Mintaqaviy direktori, global hukumat bilan aloqalar bo‘yicha mas’ul xodimi Sergey Xristolyubovni rasmiy tashrif bilan qabul qildi.
Uchrashuv davomida mehmon TTAning zamonaviy bosh o‘quv binosidagi sharoitlar, ilm-fan va ta’lim sohasidagi yutuqlar, innovatsion infratuzilma bilan yaqindan tanishtirildi.
TTA va QS o‘rtasida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinib, akademiyaning xalqaro reytinglarda faol ishtiroki uchun zarur bo‘lgan asosiy mezonlar yuzasidan fikr almashildi.
Ushbu uchrashuv TTAning global miqyosdagi tan olinishi va xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashi yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Translate: Eng