Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirokidagi ta’lim ko‘rgazmasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi ishtirok etdi.
Ko‘rgazmadan asosiy maqsad – xorijiy talabalarni ko‘proq jalb etish, bu borada universitetning imkoniyat va salohiyatini keng targ‘ib etish, ta’lim xizmatlari eksportini yana oshirish hisoblanadi.
Ko‘rgazmada ishtirok etgan mingga yaqin ishtirokchilar va o‘qish istagini bildirgan yuzlab ozarbayjonlik yoshlarga universitet haqida ma’lumotlar berildi hamda hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.