O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Kongratbay Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

Vazir Toshkent davlat tibbiyot universitetida

2025-yil 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘ldi. U yerda dastlab universitetning bosh o‘quv binosida yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda innovatsion infratuzilma ko‘zdan kechirdi.

Vazir universitetda o‘quv jarayonlarini tashkil etish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan simulyatsion, raqamli texnologiyalar, axborot-resurs hamda biotibbiyot texnologiyalari markazlarida yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi. Jarayonda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, zamonaviy o‘quv uslublari va amaliy tajriba orttirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, vazir xorijlik talabalar, xususan, Hindistondan kelgan talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida talabalar universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini, ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot va yashash imkoniyatlari borasida ijobiy fikrlarni bildirdilar.

Uchrashuv yakunida vazir universitet rahbariyatiga xorijlik talabalar uchun qulayliklarni yanada ko‘paytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida tegishli topshiriqlar berdi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan