Toshkent Davlat tibbiyot universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylar taqdirlandi

💫Toshkent Davlat tibbiyot universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylar taqdirlandi.
“Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida Toshkent Davlat tibbiyot universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Afgʻon urushi faxriylari hamda oliygohda uzoq yillar xizmat qilgan professor-oʻqituvchilar va xodimlar xotirlandi.

Jumladan, 7 nafar Afgʻon urushi ishtirokchisi, 8 nafar marhum faxriy ustoz va 14 nafar nafaqadagi professor-oʻqituvchilarga hurmat bajo keltirildi.

Tadbirda Toshkent Davlat  tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov soʻzga chiqib, Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan barcha faxriylarni tabrikladi.

Yosh avlodni ajdodlarimiz merosini  chuqur anglash va qadriyatlarni asrashga chorlab, faxriylarga esdalik sovgʻalarni topshirdi.

Bayram doirasida “Unutilmaslar darsligi…” nomli xotira kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu nashr 2005–2025 yillar oraligʻida vafot etgan akademiya faxriylari — tibbiyot sohasining taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan ustozlar xotirasiga bagʻishlangan.

Tadbir yakunida akademiya talabalaridan tashkil topgan “Darmon” teatr studiyasi tomonidan Nazar Eshoqulning “Urush odamlari qissasi” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

#TDTU_matbuot_xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan