Toshkent davlat tibbiyot universitetining iftixori!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining iftixori


Universitetimizning talabasi — Jasurbek Kamilov — Ozarbayjonning Agdam shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning birinchi Yoshlar forumida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida faol ishtirok etdi.

Forum 8 ta davlatdan 100 dan ortiq qatnashchilar — yosh yetakchilar, ekspertlar va rasmiylar ishtirokida o‘tdi.

Muhokamalar markazida — barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, inklyuziya va yoshlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar bo‘ldi.

Safarning eng yuqori nuqtasi — Jasurbekning 17- IHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etishi bo‘ldi. Bu — katta sharaf va xalqaro miqyosdagi e’tirofdir.

Bizning talabamiz tibbiyot, diplomatiya va jamiyat oldidagi faol fuqarolik pozitsiyasini birlashtirgan holda, O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib tarzda taqdim etib kelayotganidan faxrlanamiz

ToshDavTibU — kelajak yetakchilari uchun start maydoni

Toshkent davlat tibbiyot universitetining iftixori Toshkent davlat tibbiyot universitetining iftixori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan