Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Dayananda Sagar Universiteti o’rtasida Hamkorlik Shartnoma imzolandi.
Imzolangan Shartnoma Dayananda Sagar Universiteti bilan professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, yozgi va qishki maktablarda talabalar ishtiroki, xalqaro litsenziyalash imtihonlariga talabalarni tayyorlash kabi yo’nalishlarda hamkorlikka yo’l ochdi.
Ma’lumot uchun: Dayananda Sagar oliy ta’lim muassasalari tarixi 1960-yilga borib taqaladi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi Hindistonda bir necha yo’nalishlarda o’z o’rniga ega universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet bazasi eng zamonaviy simulyator-trenajerlar va sun’iy intellektga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan.



