Toshkent davlat tibbiyot universitetida yoshlarning ijtimoiy faolligi va volontyorlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha start oldi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish mas’uliyati universitet huzuridagi “Ekomed” klubi hamda “Delay Dobro” jamoasiga ishonib topshirildi.
Yig‘ilish davomida loyiha doirasida bajarilishi rejalashtirilgan ishlarning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda “Ekomed” klubi rahbari Ayubxon Sirojiddinov va “Delay Dobro” jamoasi rahbari Kamilov Jasurbek kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini taqdim etdilar.
Universitet rahbariyati tomonidan bildirilgan ushbu ishonch “Ekomed” va “Delay Dobro” jamoalari faoliyatida yangi bosqichni boshlab beradi hamda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratadigan umumiy platforma sifatida xizmat qiladi.




