Til bayramining 36 yilligi munosabati bilan «Ona tilim-g’ururim,faxrim»nomli bayram tadbiri o’tkazildi

Ona tilim-g'ururim,faxrim

ToshDavTU 3-son akademik litseyida 21- oktyabr kuni,O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 21-oktyabr Til bayramining 36 yilligi munosabati bilan «Ona tilim-g‘ururim,faxrim»nomli bayram tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbirga litsey ma’muriyati,o‘qituvchilar,o‘quvchilar, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Аxborot-resurs markazidan З.М. Sirajiddinova hamda litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bo‘limi uslubchisi N. X. Zokirovalar,Yashnobod tumani Do‘stobod MFY Yoshlar etakchisi Sh.Shomansurovlar taklif etildi. Tadbir Tillar kafedrasi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D.Baxtiyorovna tashkillashtirdi. adbirning asosiy maqsadi-ona tilimizni e’zozlash,yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tilimizning boy va betakror merosini targ‘ib etishdan iborat. Bayram tadbiri doirasida oquvchilar tomonidan tayyorlangan jonli ijrolar, til haqidagi yozilgan she’rlar, milliy kuy-qo‘shiqlar, videoroliklar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Ona tilim-g'ururim,faxrim Ona tilim-g'ururim,faxrim

Ona tilim-g'ururim,faxrim  Ona tilim-g'ururim,faxrim

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan