Eslatma: Bitiruvchi bosqich talabalarining tibbiyot muassasalaridagi amaliyoti 1-noyabrdan boshlanadi

So‘nggi yillarda “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashi joriy qilindi.

🔺Talabalar amaliyotga chiqishidan oldin yangi o‘quv yili boshida bir oy davomida akademik qarzdorliklarini bartaraf etishi, to‘lov-kontraktlarni amalga oshirishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi uchun imkoniyat yaratildi.

🔺Xususan, avvalgi yillar tajribaga tayangan holda, Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Davolash ishi», «Tibbiy pedagogik ish (Davolash)» va «Pediatriya ishi» ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun birlamchi tibbiyot tizimiga raqamlashtirish, DMED axborot tizimidan foydalanish, bemorlar bilan muloqot madaniyati va profilaktik tibbiyot bo’yicha maxsus o’quv kurslari tashkil etildi.

✈️Avval xabar berilganidek, raqamlashtirish, DMED axborot tizimidan foydalanish, bemorlar bilan muloqot madaniyati va profilaktik tibbiyot bo’yicha maxsus o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar 2025-yil 1-noyabrdan amaliyotga yuboriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan