Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2025–2026-o‘quv yili uchun nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar tanlovi e’lon qilinadi!

TDTU talabalari uchun katta imkoniyat! ✨
Ushbu tanlovda bakalavriatning 2–6-bosqich, shuningdek magistraturaning 2–3-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

🏅 Stipendiya turlari:
• Rektor stipendiyalari
• Akademiklar stipendiyasi
• Professorlar stipendiyasi

🏆 Nominatsiyalar turlari:
Turli yo‘nalishlarda talabalarning ilmiy, ijtimoiy va innovatsion faolligini baholovchi maxsus nominatsiyalar (batafsil ro‘yxat platformada beriladi)

📤Yuklanishi shart bo‘lgan asosiy hujjatlar:
• Reyting daftarchasi yoki reyting ma’lumotlari
• Til sertifikatlari (mavjud bo‘lsa)
• Ilmiy, ijtimoiy va innovatsion yutuqlar bo‘yicha asoslovchi hujjatlar
• Boshqa zarur fayllar (platformada ko‘rsatilgan tartibda)

📊Baholash mezonlari — 100 ballik tizim asosida:
• Reyting bali
• Til bilish darajasi
• Ilmiy-innovatsion faollik indeksi
• Ijtimoiy faollik indeksi

📄 Rektor nomiga ariza namunasi (https://t.me/c/2102525138/3915)

📱Hemis ID va parol orqali tizimga kirib, ro‘yxatdan o‘tiladi. Reyting va Hemis ma’lumotlari avtomatik integratsiya orqali aniqlanadi.
Hemis va reyting ballga bogʻliq muammolar yuzasidan oʻquv ishlari boʻyicha dekan muoviniga borib uchrashing.

📝Ariza topshirish uchun shu link orqali kiring: TDTU iqtidorli talabalar (https://iqtidorli.tashmeduni.uz/)
✍️Qoʻshimcha savollar uchun: @TDTU_ITITFTEB

Topshirilgan arizalarni “Arizalar bo‘limi” orqali kuzatib borish mumkin. Hujjatlar pdf formatda yuklansin.
Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati 10-dekabr

🎓Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

https://t.me/tsmu_ya/1787

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan