Xalqimizning bebaho boyligi bo‘lgan o‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.
Darhaqiqat, hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tilining o‘ziga xos betakror xususiyatlarini saqlab qolish, uni kelajak avlodga beshikast yetkazish bizning ajdodlarimiz va kelgusi avlod oldidagi muqaddas burchimizdir.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga “Davlat tili” maqomining berilishi o‘zbek tili taraqqiyoti uchun tub burilish yasadi.
O‘z hayotini xalqimizning ma’naviy kamolotiga, ona tilimizning ravnaq topishiga bag‘ishlagan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvarlarning ulkan xizmatlarini, bu yo‘lda haqiqiy vatanparvar, yurtparvar, millatparvar sifatida iz qoldirgan ziyoli insonlarning nomlarini el-yurtimiz doimo hurmat bilan eslaydi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 21 oktyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi raxbariyati va yangi lavozimga tayinlangan Tyutorlar hamda professor-oqituvchilar Poytaxtimiz markazida yaratilgan Adiblar xiyobonida adabiyotimizning buyuk namoyandalari, o‘zbek tilining chinakam jonkuyarlari, jumladan taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol Zulfiya Isroilova poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etishdi.