Yana bir muhim voqea Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Kadrlar tayyorlashni takomillashtirish borasida yana bir istiqbolli qadam – Akademiya va Janubiy Koreyadagi Seul Milliy universitetining Bundang gospitali o‘rtasida Bitim imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Akademiya rektori A.K.Shоdmоnov va Bundang gospitali rahbariyati o‘rtasida hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi hamda ilmiy (tadqiqot loyihalari, konferensiyalar, nashrlar, dissertatsiyalar), o‘quv (treninglar, mahorat darslari, yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiyot yo’nalishlari bo’yicha ma’ruzalar va kadrlar tayyorlash) hamkorlik dasturlari va
Akademiyaning yosh tibbiyot xodimlari uchun ahamiyatli amaliyot jarayonlari.