“Biz OITSga- qarshimiz, biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida fakultetlararo sport musobaqalari o‘tkazildi

1-dekabr Butunjahon “OITS”ga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi  Xotin qizlar kengashi tashabbusi bilan “Shifokor” sport kompleksida talaba-qizlari o‘rtasida “Biz OITSga- qarshimiz, biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida fakultetlararo sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir sport majmuasi qishki binosida  har bir fakultetning talabalari chizib kelgan “Biz Giyoxvandlikka- OITSga qarshimiz, Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusidagi rasm-plakatlar namoishi bilan boshlandi. Rasm plokatlarni baxolash uchun tuzilgan hakamlar hay’ati  tomonidan eng yaxshi   rasm chizgan fakultet deb tibbiy profilaktika fakulteti topildi.

Sport musobaqasi talaba qizlar o‘rtasida valeybol, shashka, shaxmat va stol tenisi turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Shaxmat musobaqasi qur’a tashlash asosida tanlab olindi va  ushbu musobaqada birinchilikni tibbiy-profilaktika fakulteti talabasi Rayimova Marjona egalladi. Shashka musobaqasida esa birinchilik tibbiy pedagogika fakulteti talabasi  Fazilat Muxitdinovaga nasib etdi. Volleybol musobaqasida  birinchilik tibbiy pedagogika fakulteti talaba qizlari qo‘lga kiritdilar..

Stol tennisi musobaqasi ham qizg‘in tus oldi va tur g‘olibi 1-davolash fakulteti 116-gurux talabasi Axtamova Nigoraga, 2-o‘rin esa tibbiy profilaktika fakulteti talabasi Umarqulova Lobarga nasib etdi. Tadbir yakunida eng yaxshi ishtirok etgan talaba-yoshlar Toshkent shaxar OITS markazi xodimlari  tomonidan   taqdirlanadilar.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan