Shoira timsoli san’atda

Zulfiya Isroilova

Yurtimizda munis va mehnatkash, hayotning har qanday suron va to‘fonlari qarshisida o‘zini yo‘qotmay, sabr-toqat va shukronalik bilan yashaydigan o‘zbek ayoli, o‘zbek shoirasining timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonim timsoli teatr, rassomchilik va musiqada.

Teatr

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida 2015 yilning 6 fevralida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab poytaxtimizdagi Turkiston saroyida madaniy tadbir o‘tkazildi. Unda «Diydor” teatr-studiyasi tomonidan Zulfiyaning hayotidagi yaxshi va yomon kunlari, taassurotlari, tasavvurlari, ichki kechinmalari, sevgisi, oilasi ota-onasi, o‘tmishi, hurlik sog‘inchi haqidagi xotiralaridan so‘zlovchi «Xotiram siniqlari» dostoni asosida «Yodim siniqlari» spektakli sahnalashtirildi.

Zulfiyaxonimning «Xotiram siniqlari» dostoni xalq, millat og‘rig‘iga, quvonchiga daxldor. Unda shoira turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon bilan kechgan umrining bahori, juda erta kelgan xijron, qalb iztiroblari fojeasi orqali ikkinchi jahon urushidan yo‘qotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodalaydi. Xotirasidagi chiziqlarni bir bir yod etar ekan uning siniqlar – akasi va turmush o‘rtog‘ining bevaqt o‘limini ham dard bilan qalamga oladi.

Asar yakunida shoira hurlik sog‘inchini qanchalar qadrliligini, achchiq xotiralar tugab ozodlik kunlarini orziqib kutgani va unga yetishgani, o‘zbekning ozod Zulfiyasi ekanligidan faxrlanadi. Mustaqillik davrida topgan e’zozini o‘zining jo‘shqin she’rlarida ifodalaydi.

Bu asarni sahnaga olib chiqishdan maqsad bugungi yoshlarni mard, jasur, kuchli irodali bo‘lishlari qolaversa shu bilan bir qatorda mustaqillik, xurlikni, naqadar ulug‘ ne’mat ekanligini Zulfiya hayoti misolida yorqinroq aks ettirishdan iborat.

Zulfiya Isroilova

Rassomlik

Ustoz san’atkor, professor Chingiz Axmarov tasvirida Zulfiya timsoli:

Zulfiya Isroilova

Musiqa

Erkin Vohidovning “Vafo” dostoni asosida Oydin Abdullayeva opera-oratoriyani ijod etdi:

Firuddin Safarov librettosi

Oydin Abdullayeva musiqasi

Opera-oratoriya

Zulfiya she’rlari, E.Vohidovning «Sadoqat» dostoni,

A.Navoiyning “Xamsa” turkumiga tegishli «Xayrat ul-abror» dostoni g‘azallari asosida.

Zulfiya Isroilova

Mavzoda Yunusova, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-Davolash fakulteti 5-bosqich talabasi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan