Rossiya federatsiyasida joylashgan RUDN (Российский университет дружбы народов, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti) Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakulteti , hamda Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi qoshida tashkil etilgan Til markazi bilan hamkorlikda rus tilini bilish darajasini belgilovchi TRKI С1 va B2 xalqaro sertifikatini qoʻlga kiritish uchun sinov imtihonlarini o‘tkazishdi. RUDNning vakillari Karavayeva Svetlana Leonidovna, Kochitkova Nina Vladimirovna akademiyaning klinik va fundamental kafedralari professor-o‘qituvchilari, hamda Xalqaro fakultet talabalaridan 4 bosqichdan iborat imtihonni qabul qilishdi.