Тoshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakultetining Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-kurs talabalari bilan 2023 yilning 22-23-may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida katta ilmiy tadbir “Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi” bo‘lib o‘tgan kongressida faol ishtirok etdilar.
Kafedra o‘qituvchilari rahbarligidagi talabalar Saparbayeva J.,Xosilova R.,O‘lmasbekov A.,Xo‘jakulov M., Mansurova K., Ilxomjanov B. va Abduraxmanova D. lar ingliz, rus tillarda ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Kongress O‘zbekistonning Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, uning Termiz filiali, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti, Qozog‘istonning Jumabek Tashenov nomidagi universiteti hamda Turkiyaning IKSAD tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi.
Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi (25-may 2023) maqolalar to’plami chiqdimi
Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi maqolalar to’plamini bizga yuborishmadi. Toshkent kimyo-texnologiya institutiga murojaat qiling.
Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi (25.05.2023) maqolalar to’plamini qanday olsam bo’ladi. Electron variantini menga jo’natsangiz, ILTIMOS !
Abu Ali Ibn Sino Xalqaro Tibbiyot va sport fanlari Kongressi maqolalar to’plamini bizga yuborishmadi. Toshkent kimyo-texnologiya institutiga murojaat qiling.