E’lon – Qabul bo’yicha eng ko’p beriladigan savollarga javoblar

qabul-2023

Hurmatli abituriyentlar! Toshkent tibbiyot akademiyasining “Call center” va Maslahat markaziga 2023/2024 o‘quv yili qabuli bo‘yicha 15-iyundan beri eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar.

  1. Savol: Men o‘qishga kirishim uchun hujjatlarimni qay tartibda topshirsam bo‘ladi ?

Javob:

Hujjatlarni topshirish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) http://my.uzbmb.uz va http://my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi. Quyidagi havola orqali saytlardan qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video rolikdan foydalanishingiz mumkin.  https://www.youtube.com/c/manaviyateduuz/?sub_confirmation=1

  1. Savol: Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmaydi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-sonli qarori va 2022-yil 20-aperildagi PQ-113-son Farmoniga muvofiq quydagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan:

???? test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassaslarini tugatgan abituriyentlar;

???? nogironligi bo‘lgan shaxslar;

???? to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);

???? “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborat tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

???? “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;

???? imtiyoz asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan abituriyentlar;

  1. Savol: Ham xorijdan perevodga ariza topshirib, ham abituriyent sifatida imtihonga kirib ko‘rsa bo‘ladimi?

Javob: Ha, bo‘ladi.

Ma’lumki, 15-iyuldan boshlab o‘qishni ko‘chirish, jumladan xorijiy OTMlardan perevod qilish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlanadi. Bunda xorijdan perevod qilayotganlar ham pul to‘lab, testga kiradi va yetarli o‘tish balini (https://t.me/OTM_Minbari/41795) to‘plasa, O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijda o‘qiyotganlar oddiy abituriyent sifatida davlat OTMlariga 5 tagacha yo‘nalish tanlab, hujjat topshirishlari ham mumkin. Boshqacha aytganda, ular 2 marta omadlarini sinab ko‘rsa bo‘ladi. Agar ikkalasi ham ijobiy natija bo‘lib qolsa, unda istaganini tanlaydi. Xohlasa, 1-kursdan yangi kirgan joyida o‘qiydi, xohlasa o‘qishini ko‘chirgan joyda ruxsat berilgan kursdan tahsil olishni boshlaydi.

Bunga hech qanday cheklov yo‘q.

To‘lovni ikkalasiga alohida qiladi, chunki 2 ta testga kiradi.

Yuqoridagi xuddi shu tartib O‘zbekistondagi nodavlat OTMlarda o‘qiyotgan talabalar uchun ham bir xil. Ular ham o‘zlarini ikki marta sinab ko‘rsa bo‘ladi.

  1. Savol: Hujjat topshirib bo‘lgandan keyin yana o‘qish joyini o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Javob: Ha, bo‘ladi.

Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o‘z yo‘nalishlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin.

O‘tgan yillarda tugatganlar to‘lov qilib bo‘lgandan keyin ham yo‘nalishlarni o‘zgartirsa bo‘ladi. Bunda to‘lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to‘lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo‘nalishlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga nagruzka kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag‘in oxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo‘nalishni o‘zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o‘tirmang.

  1. Savol: Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun ajratilgan grant kvotalar soni ?

Javob:

???? Menejment: sog‘liqni saqlash menejmenti – 5 ta;

???? Biotibbiyot muhandisligi – 10 ta;

???? Stomatologiya (yo‘nalishlari bo‘yicha) – 15 ta;

???? Davolash ishi – 300 ta;

???? Pediatriya ishi – 60 ta;

???? Tibbiy profilaktika ishi- 50 ta;

???? Tibbiy-biologik ish – 35 ta;

???? Farmatsiya (turlari bo‘yicha) – 10 ta;

???? Xalq tabobati – 10 ta;

???? Oliy hamshiralik ishi- 35 ta;13

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan