Talabalar uchun kontrakt to‘lovi uchun shartnoma berilishi boshlandi

Talabalar uchun kontrakt to‘lovi uchun shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

Quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

  • magistraturaga kirganlar;
  • super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
  • “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
  • “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

5 Replies to “Talabalar uchun kontrakt to‘lovi uchun shartnoma berilishi boshlandi”

  1. Ассаламу алейкум бошка Миллат фукароларга контракт нархи неч пул ?

  2. Assalomu alaykum, davolash ishi uchun 24/25 oquv yilida bazaviy kontrakt miqdori qancha? Javob uchun oldindan rahmat

    1. Toshkent tibbiyot akademiyasi kontrakt to’lovi miqdorlari

      – Stipendiyali shartnoma summasi – 16 714 560,00 so’m
      – Stipendiyasiz shartnoma summasi – 10 500 000,00 so’m

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan