Toshkent tibbiyot akademiyasining «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi mudiri Xudaykulova Gulnara Karimovna, kafedra assistenti Razikova Aziza Abdumalikovna va «Xalqaro fakultet» dekani v.v.b., «Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi» mudiri, Tursunov Djaxangir Xusanovichlar joriy yilning 17-19 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olamaota shahridagi S.D.Asfendiyorov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti hamda ERASMUS + FOR21 loyihasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Fostering the doctor of the 21 st century: education for patient centered communication” 7-plenar anjumanida faol ishtirok etdilar.