Italiyaning Salerno universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda!

Italiya

Toshkent tibbiyot akakdemiyasiga joriy yilning 19-oktabr sanasida Italiya rasmiy delegatsiyasi vakillari Italiya -O‘zbekiston Savdo palatasi ijroiya qo’mitasi a’zosi Marco Farci hamda Italiyaning Salerno universiteti Sanoat muhandisligi bo‘limi professori Gianfranco Rizzo rasmiy tashriflarini amalga oshirdilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Murod Mirzohidovich Jafarov shuningdek, Umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri Alisher Oripovich Oxunov Italiyadan tashrif buyurgan vakillar bilan olib borilgan muzokaralar mobaynida Italiyaning Salerno universiteti bilan kelgusida O’zaro hamkorlik Memorandum tuzilishi loyihasi doirasida Ikki univesitet o‘rtasida Akusher-ginekologiya, Xirurgiya,Oliy ma’lumotli hamshira va boshqa bir qator yo’nalishlarda Professor-o’qituvchilarning o‘zaro tajriba almashinish maqsadida malaka oshirish,stajirovkalarini amalga oshirish, talabalar o’rtasida almashinuv hamda qo‘shma ta‘lim dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan muzokarlar olib bordilar.Muzokaralar yakunida O‘zaro hamkorlik Memorandumi loyihasi Salereno universiteti vakillariga taqdim etilib, tez kunlarda rasmiy tarzda O’zaro hamkorlik Memorandumlari imzolanishiga kelishib olindi hamda mehmonlarga Toshkent tibbiyot akademiyasining esdalik sovg’aalari tadqim etildi.

Italiya Italiya

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan