O‘zbekistonlik olima ayol “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi»da oltin medalni qo‘lga kiritdi

Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi

Yoz oyida Koreyada bo‘lib o‘tgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi» (KIWIE 2023) da ham 10 nafar o‘zbekistonlik olima ayollar ishtirok etishdi. Ularning 7 nafari sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Ushbu ko‘rgazma Koreya ixtirochi ayollari assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda 40 dan ziyod davlatlardan 400 nafardan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlar texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashishgan.

O‘zbekiston delegatsiyasidagi olimalar ham turli sohalarda o‘z ishlarini namoyish qilishgan. Mamlakatimizdan borgan vakillar uchun ajratilgan maydonda eng ko‘p xorijliklarni jalb eta olgan inson esa tibbiyot fanlari doktori, professor Guli Shayxova. U o‘z ilmiy ishlari bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va bu O‘zbekiston olima ayollari uchun tarixiy natijadir.

Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi

Professor ayol qonni tozalash va inson tanasiga energiya bera olish xususiyatiga ega, immunitetni oshiruvchi, virusli va nafas olish kasalliklari bilan kurashishda faol yordam bera oladigan, qondagi qand miqdorini pasaytirishga ko‘maklashuvchi, erkak va ayollar bepushtligini davolashda hamda jigarni tozalashda faol ishtirok etuvchi, oshqozon-ichak trakti (ovqat hazm qilish tizimi) faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlarning taqdimotini o‘tkazganligi uchun xalqaro ekspertlar tomonidan olqishlandi. Koreya, Tayvan, Eron, Pokiston, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan ishtirokchilarni ham qiziqtira olgan mahsulotlarning birinchisi: “Igneus”. Olimaning aytishicha, faqatgina tabiiy giyohlarning aralashmasidan tashkil topgan bu mahsulotni muntazam ravishda iste’mol qiladigan insonda barcha tana a’zolari o‘zining maksimal darajadagi faolligini ko‘rsatadi. Bir necha oy davomida tinimsiz o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar va sinovlar natijasida ushbu mahsulot giperkolesterolemiya, ishemiya, tromboz, koagulyatsiya, ateroskleroz va tomirlarning spazmi kabi yurak-qon tomir tizimining xavfli kasalliklarini oldini olishga yordam berishi isbotlangan. Gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, fermentopotiya va buzilgan peristaltika kabi surunkali ovqat hazm qilish muammolari, shuningdek, hemoroid va kolit kabi surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlarda ham sinalgan Igneus, samarali natija bergan. 100 foiz tabiiy biologik tarkib, AMK, fermentlar, vitaminlar va minerallarga ega bo‘lgan mahsulot tanani yoshartirishga ham yordam beradi.

Olima ayolning aytishicha, u bir necha marta ilmiy tekshiruvlar o‘tkazganidan keyingina, bemorlarda sinovdan o‘tkazib, haqiqatda foydali ekanligini aniqlangan “NUMA” kompaniyasining vitamin D3 mahsulotini ham Koreyaga olib borgan. Xalqaro maydonda xorijlik fan olimlarini ham qiziqtira olgan bu tabiiy vosita immunitet tizimini rag‘batlantiradi, saraton kasalligining oldini oladi. Suyak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi, energiyani oshiradi, osteoxondroz va artritga yordam beradi, tishlarni mustahkamlaydi, qonning kalsiy va fosforini so‘rilishini yaxshilaydi.

Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi

Tajriba uchun “Covid-19” infeksiyasidan qolgan asoratlar, surunkali kasalliklardan aziyat chekadigan bemorlar tanlab olingan. 3 oylik doimiy qabuldan so‘ng esa natijalar kutilganidan ham yuqori bo‘lgani uchun xalqaro ko‘rgazmaga aynan korxonaning mahsulotlari tanlangan. Guli Shayxova va uning 10 ga yaqin shogirdlari olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, D3 vitaminini qabul qilgan insonlarda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish xolatlari sezilarli darajada kamaygan. D3 o‘pka faoliyatining me’yorlanishiga katta ta’sir ko‘rsata olgan. Zaiflik, mo‘rt suyaklar, tish muammolari, bo‘shashish, tez-tez shamollash va boshqa kasalliklar bilan kurashishda ham muhim rol o‘ynashi aniqlangan.

Professor Guli Shayxovaning bildirishicha, u tavsiya etayotgan biologik qo‘shimchalar har qanday kasallikka davo bo‘luvchi “mo‘jizakor vosita”likka da’vo qilmaydi. Shunchaki, inson organizmidagi barcha a’zolar bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarini to‘liq ado etishi hamda ularning mustahkamlanishini ta’minlaydi. Xalqaro maydonda tabiiy vositalarga bo‘lgan ehtiyoj katta ekanligini yaxshi anglagan olima ayol boshqa foydali ilmiy izlanishlari bilan ham katta natijalarga erishgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan