Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli xatiga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida Respublikaning bir hududidan boshqa hududiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishni so‘ragan talabalar ro‘yxati ilovaga muvofiq taqdim etilmoqda.
Shu munosabati bilan, ushbu ilovadagi Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishi ko‘chirilayotgan talabalarning asl hujjatlarini Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘qishni ko‘chirishiga mas’ul bo‘lgan shaxslarga, hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish ishlarini amalga oshirish uchun topshirish so‘raladi.
Talabalar o‘qishini ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori talablariga qatʼiy amal qilingan holda, taqdim etilgan hujjatlar sinchiklab o‘rganilganidan so‘ng bajariladi.
Joriy yilning 23-fevral 15:00da Toshkent tibbiyot akademiyasi bosh binosining 4-qavatida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishi ko‘chirilayotgan talabalar uchun komissiyaga bo‘lib o‘tadi. Ushbu komissiyada ilovada nomlari keltirilgan talabalarning ishtiroki etishi so‘raladi.
O‘qishni ko‘chirishga mas’ul shaxslar bilan bo‘lanish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Kuralov Nurhissa +998 94 922 32 04
Tashmatov Shavkat +998 97 130 10 21