
Talaba-yoshlarni adabiyotga qiziqishini oshirish, kitob oʻqishga daʼvat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻularini yanada yuksaltirish, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganishlarini samarali tashkil etish maqsadida ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar oʻrtasida Respublika miqyosida “Ilhom” mukofotiga nomzodlar uchun tanlov oʻtkazilmoqda.
Tanlovning 1 (akademiya ) bosqichi 2024-yil 8-aprel kuni TTA Bosh binosi Test markazi (2-qavat)da vazirlik tomonidan taqdim etiladigan test savollari asosida oʻtkaziladi.
1-,2-,3- oʻrin sohiblari rektor taqdimnomasi asosida Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Respublika bosqichida ishtirok etib gʻolib boʻlgan talabalar:
1 oʻrin sohibi – Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chikarilgan “Spark” yengil avtotransport vositasi, maxsus diplom va statuetka;
2-oʻrin sohibi – 30 mln. soʻm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
3-oʻrin sohibi– 15 mln. soʻm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlariga murojaat qilishlari mumkin.
Ilxom mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi nizom
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi
Translate: Eng