⠀
Universitetimizning talabasi — Jasurbek Kamilov — Ozarbayjonning Agdam shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning birinchi Yoshlar forumida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida faol ishtirok etdi.
⠀
Forum 8 ta davlatdan 100 dan ortiq qatnashchilar — yosh yetakchilar, ekspertlar va rasmiylar ishtirokida o‘tdi.
Muhokamalar markazida — barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, inklyuziya va yoshlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar bo‘ldi.
⠀
Safarning eng yuqori nuqtasi — Jasurbekning 17- IHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etishi bo‘ldi. Bu — katta sharaf va xalqaro miqyosdagi e’tirofdir.
⠀
Bizning talabamiz tibbiyot, diplomatiya va jamiyat oldidagi faol fuqarolik pozitsiyasini birlashtirgan holda, O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib tarzda taqdim etib kelayotganidan faxrlanamiz
⠀
ToshDavTibU — kelajak yetakchilari uchun start maydoni




