Toshkent davlat tibbiyot universiteti Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent U.Yu. Musayev hamda kafedra assistentlari U.A. Sobirov va S.M. Kitaybekovlar litseyga tashrif buyurdilar. Ular tomonidan “Aholi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar hamda ularning oldini olish va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni gigienik tashkil etish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Shuningdek, o‘quvchilar orasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa ham o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari uchun foydali bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shdi.




