Buxgalteriya

Yulchiyev Akmaljon Shuxratovich

Bosh hisobchi

Tel: +998(78) 150 78-16

Bo‘lim va uning faoliyati haqida maʼlumot

Toshkent tibbiyot akademiyasining buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Xayʼat qarorlari hamda buyruqlari, akademiya Kengash qarorlari va rektor buyruqlari, akademiya Ustavi va buxgalteriya bo‘limi Nizomi asosida olib boradi.

Bo‘limning maqsadi institutning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda institut moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanilishini taʼminlash, harajatlarni moliyalashtirishda tasdiqlangan reja (smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, institutning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Buxgalteriya bo‘limi xodimlarining tarkibi

Buxgalteriya bo‘limining shtat birliklari tarkibi quyidagicha taqsimlanadi:

  1. Bosh hisobchi institutning tarkibiy tuzilmasiga muvofiq bosh hisobchi bevosita institut rektori va moliyaviy-iktisodiy ishlar bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, O‘zbekistan Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
  2. Bosh hisobchi muovini yuridik va jismoniy shaxslar bilan xizmat ko‘rsatish hamda haridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar hisobini yuritadi.
  3. Bosh hisobchi muovini auditor – kassa intizomini nazorat qiladi, debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish, xodimlarga ish haqi va talabalarga stipendiya hisoblash va to‘lash yuzasidan muntazam nazorat ishini olib boradi.
  4. Ish hakini hisoblash bo‘linmasi – xodimlarga tabel asosida ish haqi hisoblash, ularga bank orqali plastik kartochka ochish, shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya badallari o‘tkazilishini taʼminlaydi.
  5. Stipendiya bo‘linmasi – talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruq asosida stipendiya hisoblash va to‘lashni tashkil etadi.
  6. Moddiy boyliklar bo‘linmasi – akademiya ombori, moddiy javobgar shahslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar kirim-chiqimi hisobini yuritadi, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda qatnashadi.
  7. G‘azna – ish haki va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga olingan nakd pul tarqatilishini amalga oshiradi.

Buxgalteriya bo‘limi xodimlarining vazifalari.

Bosh hisobchining asosiy vazifalari:

  • buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;
  • buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaktida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi;
  • budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashkari mablag‘larni harajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;
  • tashkilotda hodimlarning ish haklarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, taʼlim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqilishini tashkil etadi;
  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshiradi;
  • pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashadi, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtiradi hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;
  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
  • moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritilishini va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladi;
  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzadi va topshiradi;
  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilinishini taʼminlaydi;
  • buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini saqlaydi;
  • mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy hatti-harakatlar qilinayotgani maʼlum bo‘lib qolgan hollarda, tegishli chora ko‘rish uchun bu hakda institut rektoriga yozma axborot beradi;
  • bosh hisobchi buxgalteriya bo‘limi xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini taʼminlaydi.

Mamatov Abror Hazratovich

Bosh hisobchi o‘rinbosari

Tel: +99878 150-78-52

Bosh hisobchi muovini asosiy vazifalari:

  • institutning shtat jadvaliga muvofiq bosh hisobchiga bo‘ysunadi;
  • yuridik va jismoniy shaxslar bilan xizmat ko‘rsatish hamda xaridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar hisobini yuritadi;
  • tovar-moddiy boyliklar harakati va hisobdan chikarilishini nazorat qiladi hamda rasmiylashtiradi;
  • tovarshunosga ishonchnoma beradi va uning nazoratini olib boradi;
  • hisob-fakturalar bo‘yicha bajarilgan ishlarning hisobini yuritadi va solishtirma dalolatnomalar tuzadi;
  • tovar-moddiy boyliklarni meʼyordan ortiqcha bo‘lishini oldini oladi va moddiy javobgar shahslar zimmasidagi moddiy boyliklarni tekshirib turadi;
  • tuzilgan xo‘jalik shartnomalari hisobini yuritadi;
  • budjet, pensiya jamg‘armasi va ilmiy loyihalarni bajarish uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar sarflanishining harakatini olib boradi;
  • tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha oylik va choraklik hisobotlarni tuzadi;
  • har oyda har bir schyotlar buyicha yozuvlarni bosh kitobga qayd etadi;
  • akademiyaning choraklik va yillik hisobotlari uchun yig‘ma hisobotlarni tayyorlaydi;
  • bosh hisobchi tomonidan berilgan topshiriklarni bajaradi.

Bosh hisobchi o‘rinbosari

Tel:+998(78) 150-78-09

Bosh hisobchi muovini asosiy vazifalari:

  • akademiyaning shtat jadvaliga muvofiq bosh hisobchiga bo‘ysunadi;
  • xodimlarning ish xaki va talabalar stipendiyasini o‘z vaqtida hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qiladi;
  • kassa intizomini va xar oylik kassa hisobotlarini tekshiradi;
  • tabel asosida ishga chiqmayotganlarni aniqlaydi va rahbariyatga yozma bildirishnoma tayyorlaydi;
  • debitor va kreditor qarzdorliklarni muddatini nazsrat qiladi xamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • bosh hisobchi tomonidan berilgan topshiriklarni bajaradi.

1-toifali hisobchining asosiy vazifalari:

  • xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • tabel asosida xodimlarga ish haki hisoblanishini taʼminlaydi;
  • plastik kartochkalarga arizalarni qabul qiladi va bankka yetkazadi;
  • yil tugagach soliq inspeksiyasiga har bir o‘rindoshlik asosida ishlagan hodimlarga hisoblangan ish haki to‘g‘risida maʼlumotni takdim etadi;
  • xodimlarning arizalariga asosan ish hakidai ushlanmalarni amalga oshiradi;
  • xodimlarning xar oylik xisoblangan ish xaqidan plastik kartochkalarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga ryestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • shahsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badali ryestrini tuzadi va Halq bankiga taqdim etadi;
  • ishlovchi pensionerlarga har oyda pensiya topshiriqnomasi asosida so‘rovnomani shakllantiradi va Moliya vazirligining budjetdan tashqari pensiya jamgarmasi filialiga takdim etadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchining asosiy vazifalari:

  • xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • tabel asosida hodimlarga ish haqi hisoblanishini taʼminlaydi;
  • plastik kartochkalarga arizalarni qabul qiladi va bankka yetkazadi;
  • yil tugagach soliq inspeksiyasiga har bir o‘rindoshlik asosida ishlagan hodimlarga hisoblangan ish haqi to‘g‘risida maʼlumotni taqdim etadi;
  • hodimlarning arizalariga asosan ish haqidan ushlanmalarni amalga oshiradi;
  • xodimlarning xar oylik hisoblangan ish xaqidan plastik kartochkalarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga ryestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • shahsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badali ryestrini tuzadi va Halq bankiga takdim etadi;
  • ishlovchi pensionerlarga har oyda pensiya torshiriqnomasi asosida so‘rovnomani shakllantiradi va Moliya vazirligining budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi filialiga taqdim etadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchining asosiy vazifalari:

  • xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • tabel asosida hodimlarga ish haqi hisoblanishini taʼminlaydi;
  • plastik kartochkalarga arizalarni qabul qiladi va bankka yetkazadi;
  • yil tugagach soliq inspeksiyasiga har bir o‘rindoshlik asosida ishlagan hodimlarga hisoblangan ish haqi to‘g‘risida maʼlumotni taqdim etadi;
  • hodimlarning arizalariga asosan ish haqidan ushlanmalarni amalga oshiradi;
  • xodimlarning xar oylik hisoblangan ish xaqidan plastik kartochkalarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga ryestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • shahsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badali ryestrini tuzadi va Halq bankiga takdim etadi;
  • ishlovchi pensionerlarga har oyda pensiya topshiriqnomasi asosida so‘rovnomani shakllantiradi va Moliya vazirligining budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi filialiga taqdim etadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchi (V.Xolmuxamedova)ning asosiy vazifalari:

  • ishlovchi pensionerlarga har oyda pensiya topshiriqnomasi asosida so‘rovnomani shakllantiradi va Moliya vazirligining budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi filialiga taqdim etadi; ‘
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali xisobchi (D.Axmadjonov)ning asosiy vazifalari:

  • xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • tabel asosida hodimlarga ish haqi hisoblanishini taʼminlaydi;
  • plastik kartochkalarga arizalarni qabul qiladi va bankka yetkazadi;
  • yil tugagach soliq inspeksiyasiga har bir o‘rindoshlik asosida ishlagan hodimlarga hisoblangan ish haqi to‘g‘risida maʼlumotni taqdim etadi;
  • hodimlarning arizalariga asosan ish haqidan ushlanmalarni amalga oshiradi;
  • xodimlarning xar oylik hisoblangan ish xaqidan plastik kartochkalarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga ryestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • shahsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badali ryestrini tuzadi va Halq bankiga takdim etadi;
  • ishlovchi pensionerlarga har oyda pensiya topshiriqnomasi asosida so‘rovnomani shakllantiradi va Moliya vazirligining budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi filialiga taqdim etadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali xisobchi (D.Muxitdinova)ning asosiy vazifalari:

  • talabalar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha chiqarilgan buyruq asosida ularga stipendiya hisoblanishini taʼminlaydi va so‘rovnoma tuzadi;
  • xar oylik stipendiyadan plastik kartochkaga o‘tadigan summalarga ryestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • har oyda to‘lanmagan stipendiya bo‘yicha deponent mikdorini aniqlaydi va uning hisobini yuritadi;
  • stipendiyalarning oylik talabi va to‘lovi hisobini yuritadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali xisobchi (A.Nurmatova)ning asosiy vazifalari:

  • talabalar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha chiqarilg^n buyruq asosida ularga stipendiya hisoblanishini taʼminlaydi va so‘rovnoma tuzadi;
  • xar oylik stipendiyadan plastik kartochkaga o‘tadigan summalarga ryestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • har oyda to‘lanmagan stipendiya bo‘yicha deponent mikdorini aniqlaydi va uning hisobini yuritadi;
  • stipendiyalarning oylik talabi va to‘lovi hisobini yuritadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali xisobchi (Ye.Djumabekova)ning asosiy vazifalari:

  • akademiya bilan tovar (max,sulot, hizmat) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya vazirligi g‘aznachiligiga to‘lov grafigini rasmiylashtirgan holda taqdim etadi;
  • g‘aznachilik ro‘yhatiga olingan shartnomalarga to‘lov topshiriqnomasi tayyorlaydi;
  • tuzilgan shartnomalar daftarini yuritadi;
  • so‘rovnomalar asosida ish haki va stipendiya tulovlariga nakd pul olish hamda boshka tulovlarni amalga oshirish uchun to‘lov topshiriqnomasini tayyorlaydi;
  • safar xarajatlari xisobotlarini tuzish;
  • akademiyaning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘arma hisob raqamiga boshqa kelib tushgan mablag‘lar xarakatini nazorat qilish va xisobini yuritish;
  • bosh hisobchi na bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali xisobchi (N.Baxadiroa)ning asosiy vazifalari:

  • moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning kirim-chiqim hisobini yuritadi;
  • moddiy javobgar shaxslarga o‘tkazilgan moddiy boyliklar hisobini olib boradi;
  • hisobdan chikarilayotgan moddiy boyliklarni tekshiradi va dalolatnoma tayyorlaydi;
  • moddiy boyliklarning harakatini moliyalashtirish manbasi asosida amalga oshiradi;
  • moddiy javobgar shahslarning oylik hisobotini qabul qiladi va shu asosida qoldiklarni tekshiradi;
  • muntazam ravishda moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar butligi ustidan nazorat olib boradi;
  • institutning asosiy vositalari hisobini yuritadi;
  • asosiy vositalarning eskirishi va kayta baholanishini amalga oshiradi;
  • akademiyada tashkil etiladigan inventarizatsiyada qatnashadi va inventarizatsiya yozuvini rasmiylashtiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali xisobchi (S.Azimova)ning asosiy vazifalari:

  • moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning kirim-chiqim hisobini yuritadi;
  • moddiy javobgar shaxslarga o‘tkazilgan moddiy boyliklar hisobini olib boradi;
  • hisobdan chikarilayotgan moddiy boyliklarni tekshiradi va dalolatnoma tayyorlaydi;
  • moddiy boyliklarning harakatini moliyalashtirish manbasi asosida amalga oshiradi;
  • moddiy javobgar shahslarning oylik hisobotini qabul qiladi va shu asosida qoldiklarni tekshiradi;
  • muntazam ravishda moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar butligi ustidan nazorat olib boradi;
  • akademiyaning asosiy vositalari hisobini yuritadi;
  • asosiy vositalarning eskirishi va kayta baholanishini amalga oshiradi;
  • akademiyada tashkil etiladigan inventarizatsiyada qatnashadi va inventarizatsiya yozuvini rasmiylashtiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

G‘aznachi (G.Yo‘ldosheva)ning asosiy vazifalari:

  • akademiya kassasining oylik hisobotini tayyorlaydi;
  • chek orkali bankdan naqd pul olib kelishni taʼminlaydi;
  • to‘lov vedomostlari yoki harajat orderi orqali pul tarqatilishini taʼminlaydi;
  • deponentlangan pulni bankka topshiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriklarni bajaradi.

G‘aznachi (K.Nabiyeva)ning asosiy vazifalari:

  • to‘lov vedomostlari yoki harajat orderi orqali pul tarqatilishini taʼminlaydi;
  • deponentlangan pulni bankka topshiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali xisobchi (S.Xolliyeva)ning asosiy vazifalari:

  • akademiyaning to‘lov kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning kontrakt tushumlarini hisobga olish;
  • safar xarajatlari hisobotlarini tuzish;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Nazoratchi (N.Ashirova)ning asosiy vazifalari:

  • buxgalteriya xodimlarining ish vaqtiga o‘z vaqtida kelib-ketishini nazorat qilish;
  • talabalardan yotoqxona uchun to‘lovlari hisobini yuritish;
  • sport kompleksga sport xizmatlaridan kelib tushgan mablag‘lar hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish;
  • ijara xaqi va ijarachilarning kommunal to‘lovlarini xisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Bo‘limning huquq va majburiyatlari. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

  • bo‘lim vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun akademiyaning tegishli bo‘linmalaridan (fakultetlar, kafedralar va bo‘limlar) axborotlar taqdim kilishni talab kilish;
  • akademiyaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va topshiriqlarning ijrosini talab qilish;
  • bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish;
  • amaldagi meʼyoriy xujjatlarga asoslanib institutning budjetdan tashqari mablaglaridan foydalanish va ularni shakllantirish bo‘yicha institut Kengashiga takliflar kiritish;
  • bo‘lim xodimlarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki choralar ko‘rish buyicha akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.

Quyidagilar bo‘limning majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi:

  • qonunchilik xujjatlariga muvofiq akademiyaning kale^ndar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini xamda budjetdan tashqari mablaglar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirish;
  • akademiyada xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish;
  • o‘rnatilgan tartibda xamda muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi, statistika va soliq idoralariga hisobotlarni taqdim etilishini taʼminlash;
  • qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lim zimmasiga boshqa majburiyatlar xam yuklanishi mumkin.

Tadbirlar. Bajarish muddati. Masʼul.

  • Har chorakda balans va boshqa hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish Har chorakda «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining xisobotlarini Toshkent shahar statistika boshqarmasiga topshirib borish Hisobot davrining 2 sanasigacha «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Har chorakda O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining xisobotlarini Toshkent shahar Olmazor tuman DSI ga topshirib borish Hisobot davrining 25 sanasigacha «Buxgalteriya” bo‘limi
  • Har oyda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ish xaqlarini xisoblash va g‘aznachilikga so‘rovnoma topshirish Xar oyning 5 sanasigacha «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Har oyda talabalar stipendiyasini xisoblash va g‘aznachilikga so‘rovnoma topshirish Xar oyning 10 sanasigacha «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Har oyda professor-o‘qituvchilar va xodimlariga avans xisoblash va g‘aznachilikga so‘rovnoma topshirish Xar oyning 20 sanasigacha «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Akademiyaning budjetdan tashqari maxsus faoliyatidan tushayotgan tushumlarning hisobini yuritish xamda muntazam tahlilini o‘tkazib borish Xar oyda «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Bo‘limning oylik, choraklik va yillik jurnal orderlarni yuritish va hisobotini tayyorlash Xaroyda «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Oliy taʼlim muassasasida taʼlim xizmati va servis sohasi bo‘yicha tushum to‘g‘risidagi maʼlumotni SSVga topshirish Xar oyda «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Mol yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya vazirligi G‘aznachilik ro‘yxatidan o‘tkazish Kunlik «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Barcha pul o‘tkazmalariga to‘lov topshiriqnomalar tayyorlash va Moliya vazirligi G‘aznachilikdan o‘tkazish Kunlik «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Xar oyda debetor va kreditor tashkilotlar bilan solishtirma dalolatnomalar tuzish va hisobini yuritish Xar oyda «Buxgalteriya” bo‘limi.
  • Xar oyda o‘z vaqtida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning plastik kartochkalariga xisoblangan mablag‘larni o‘tkazish va naqd pullarni tarqatish Xar oyda «Buxgalteriya” bo‘limi

2021 budjet ijrosi

2021tuzilgan shartnoma

Translate: Eng Рус