Imamov Abdurahmon Abduganiyevich
Magistratura bo‘limi boshlig‘i
Tel: +998(71) 214-89-30
E-mail: Magistratura@tma.uz, abduraxmon.imamov@tma.uz
Magistratura bo‘limining asosiy bajaradigan vazifalari:
- Magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz taʼlim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
- Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va maʼmuriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
- Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli taʼlim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari (bundan buyon matnda Davlat taʼlim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
- O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.
- Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
- Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
- Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.
- Magistratura talabalari orasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.
- Magistratura talabalarinng ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
- Magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
- Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
Ilyasova Nargiza Xamidullayevna
Magistratura bo‘limi uslubchisi
Tel: +998 (71) 214-89-30
E-mail: Magistrarura.dekanat@mail.ru
Magistratura – aniq ixtisoslik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan bakalavriatdan keyin uning negizida taʼlim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir.
Magistrant – har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy maʼlumotlar qabul qilish, ulardan foydalanish va saqlash usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lgan yetuk insondir.
Magistratura bo‘limining maqsadi va vazifalari
– Universitet magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz taʼlim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
– Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan universitetning o‘quv-ilmiy va maʼmuriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
– Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli taʼlim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari (bundan buyon matnda Davlat taʼlim standartlari deb yuritiladi) va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
– O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari xajmini belgilash va nazorat qilish.
– Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
– Mutaxassislik kafedralarining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
– Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va universitet rektoriga tavsiya qilish.
– Magistratura talabalari orasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob ahloq qoidalari bilan tanishtirish.
– Magistratura talabalarinng ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
– Universitet magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni universitet rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
– Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 1998 yil 30 oktabr 305 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Magistratura haqidagi Nizom asosida sobiq 1 va 2 ToshDavTI qoshida magistratura fakultetlari tashkil qilinib faoliyat ko‘rsatgan. Fakultetlarga professorlar Rasul-Zade YU.G., Yakubov A.V. raxbarlik qilgan. 2005 yil 19 iyunda sobiq 1 va 2 ToshDavTIlari birlashtirilib Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil qilinishi munosibati bilan TTA magistratura fakulteti tashkil etildi. Fakultet dekani lavozimida 2005 yilda professor Rasul-Zade YU.G., 2005-2008 yy. professor Mamatkulov B.M. faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007 yil 10 sentabr 190-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim Vazirligining 2008 yil 18 fevral 34-sonli buyrug‘i va Toshkent Tibbiyot Akademiyasining 2008 yil 20 may 106-sonli buyrug‘i asosida 2008 yil 1 yanvarda Magistratura bo‘limi tashkil topdi. Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida 2008-2011yy. dotsent Malikova G.B., 2011-2013 yillarda professor Raxmonova L.K., 2013-2014 yillarda dotsent Boymuradov SH.A lar rahbarlik qilishdi. 2014 yildan hozirgi kungacha dotsent Imamov A.A. magistratura bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmokda.
Hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiyot sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi o‘quv muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91 sonli Qaroriga muvofiq TTA tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Akademiya kafedralarida magistratura o‘quv rejasidagi fanlarni olib borish va o‘tkazish uchun zaruriy o‘quv laboratoriyalari va xonalari majud bo‘lib, ular yetarli darajada zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Jumladan, universitetda mashg‘ulotlar olib borish uchun 45 ta multimedia sinflari, 52 ta kompyuter sinflari, va 43 ta o‘quv va o‘quv-ilmiy laborotoriya xonalari mavjud.
TTA da magistratura talabalarining mustaqil ishlashi uchun barcha sharoitlar yetarli, jumladan universitet 45 mbit/s (tas-ix), 8 mbit/s (tashqi kanal) tezlikda internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan 3 ta elektron kutubxona va kafedralardagi 52 ta kompyuter sinflari mavjud. Bundan tashqari, universitet hududida internetga ulanish uchun simsiz aloqa vositalari (wi-fi) o‘rnatilgan.
Universitetning http://www.tma.uz sayti orqali elektron axborot resurslari bazasi (https://www.library.tma.uz),Ziyonet taʼlim portaliga http://www.ziyonet.uz, Respublika axborot-kutubxona tizimlaridan va boshqa oliy taʼlim muassasalalari saytlaridan hamda mahalliy va xalqaro ilmiy axborotlar bazalaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.
1-kurs magistratrlik dissertatsiyalari mavzulari
Магистратрлик диссертациялари мавзулари 2017-2018
Magistratura talabalari tomonidan tayyorlanayotgan Magistrlik dissertatsiyalari mavzular
2016-2017 o‘quv yili bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalri kafedralararo aprobatsiyasidan o‘tkazish
2018-2019 magistratrlik dissertatsiyalari mavzulari
Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura bo‘limida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistrantlar taʼlim oladilar.
Shifr | Mutaxassislik nomi |
5А510101 | Акушерлик ва гинекология |
5А510102 | Эндокринология |
5А510103 | Терапия (йуналишлар бўйича) |
Терапия (ички касалликлар) | |
Терапия (гематология ва трансфузиология) | |
Терапия (реабилиталогия) | |
5А510104 | Оториноларингология |
5А510105 | Кардиология |
5А510106 | Офтальмология |
5А510107 | Юқумли касалликлар (йуналишлар бўйича) |
Юқумли касалликлари (умумий) | |
Юқумли касалликлар (болалар юқумли касалликлари) | |
Юқумли касалликлар (фтизиатрия) | |
5А510108 | Дерматовенерология |
5А510109 | Неврология |
5А510110 | Умумий онкология |
5А510111 | Психиатрия |
5А510112 | Хирургия (йуналишлар буйича) |
Хирургия(умумий хирургия) | |
Хирургия (торакал хирургия) | |
5А510113 | Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (йуналишлар буйича) |
Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (тиббий генетика) | |
Ташҳиснинг инструментал ва функционал усуллари (тиббий биохимия) | |
Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (бактериология ва вирусология) | |
Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (клиник лаборатор диагностика) | |
Ташхиснинг инструментал ва функционал усуллари (тиббий радиология) | |
5А510114 | Нейрохирургия |
5А510115 | Cоғлиқни сақлашни бошқариш ва жамоат соғлиғини сақлаш (йўналишлар бўйича) |
5А510116 | Тиббий психология |
5А510117 | Урология |
5А510118 | Морфология (йуналишлар буйича) |
Морфология (одам анатомияси ва гистология, цитология ва эмбриология) | |
Морфология (нормал ва патологик физиология) | |
5А510119 | Наркология |
5А510120 | Анестезиология ва реаниматология |
5А510121 | Травматология-ортопедия |
5А510123 | Суд тиббиёт экспертизаси |
5А510124 | Патологик анатомия |
5А510125 | Шошилинч тиббий ёрдам |
5А510126 | Фармакология |
5А510127 | Спорт тиббиёти |
5А510128 | Диетология |
5А510201 | Педиатрия |
5А510301 | Гигиена (йуналишлар буйича) |
Гигиена (коммунал гигиена) | |
Гигиена (мехнат гигиенаси) | |
Гигиена (овкатланиш гигиенаси) | |
Гигиена (болалар ва ўсмирлар гигиенаси) | |
Гигиена (радиацион гигиена) | |
Гигиена (умумий эпидемиология) | |
5А510302 | Атроф муҳит ва инсон саломатлиги |
5А510701 | Олий хамширалик иши |
Yillar | Budjet | Kontrakt | Bitiruvchilar umumiy soni |
2005-2006 йй. | 51 | 152 | 203 |
2006-2007 йй. | 61 | 159 | 220 |
2007-2008 йй. | 73 | 164 | 237 |
2008-2009 йй. | 67 | 195 | 262 |
2009-2010 йй. | 71 | 213 | 284 |
2010-2011 йй. | 58 | 191 | 249 |
2011-2012 йй. | 63 | 207 | 270 |
2012-2013 йй. | 59 | 224 | 283 |
2013-2014 йй. | 61 | 215 | 276 |
2014-2015 йй. | 62 | 208 | 270 |
2015-2016 йй. | 62 | 175 | 237 |
2016-2017 йй. | 58 | 177 | 235 |
2017-2018 йй. | 57 | 156 | 213 |
2018-2019 йй. | 57 | 182 | 239 |
Жаъми | 860 | 2618 | 3478 |
Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Magistraturasi tashkil qilingandan buyon bitirgan magistrlar soni
Toshkent tibbiyot akademiyasi magistraturasini tugallagan talabalar hozirgi kunda Respublikamizning nufuzli tibbiyot oliygohlari va ularning klinikalari hamda ilmiy tekshirish institutlarida ishlab kelishmoqda.