Agar siz O‘zbekiston Respublikasining eng yetakchi oliy tibbiy taʼlim muassasasida talabasi bo‘lish istagida bo‘lsangiz, Bizning tayyorlov kurslari yordam berishga tayyor.
Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida 2017 yildan tibbiyot OTMlariga kirish uchun test sinov imtihonlarini muvofaqqiyatli topshirishga tezkor tayyorlov kurslari ochilgan.
Tayyorlov kursida 3 (uch) ta fandan o‘qitiladi: kimyo, biologiya va ona tili-adabiyoti hamda oliy maʼlumotli hamshira yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihonlarga tayyorlash.
Mashg‘ulotlarni Toshkent tibbiyot akademiyasining yuqori tajriba va malakaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar olib boradi.
Tayyorlov kursida muvafaqqiyatli taʼlim olgan abituriyentlarga tayyorlov kursini tugatganligi to‘g‘risida sertifikatlar beriladi.
Tayyorlov kursida mashg‘ulotlarga jiddiy yondoshib test sinovi imtihonlarida yuqori ball olishingiz mumkin.
Sizlarga omadlar tilaymiz va kutib qolamiz.
Tayyorlov kursi nizomi
Tayyorlov kursi to‘g‘isida to‘liq maʼlumot olish va ro‘yhatdan o‘tish uchun:
Mo‘ydinov Otabek Husanovichga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: 3 son o‘quv binosi 3 qavat.
Tel: +99893 520-55-50
+99871 150 78 41
+99871 214 89 52
Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash kursi.
Mo‘ydinov Otabek Xusanovich
Kurs rahbari va kimyo fani o‘qituvchisi
Tel: 93-520-55-50
E-mail: otabek3010@mail.ru
Hayitov Maxsud Samadovich
Biologiya fani o‘qituvchisi
Tel: 91-241-38-77
E-mail: maqsud.khayitov@tma.uz
2017 yil aprel oyida Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash kursi tashkil etildi.
Kursning vazifalari:
- Akademik litsey, kollej yoki maktablarda taxsil olayotgan o‘quvchilarni va akademik litsey, kollej yoki maktablarni bitirgan shaxslarni tinglovchi sifatida oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash
- Yildan-yilga takomillashib borayotgan oliy o‘quv yurtlariga kirish testlariga tinglovchilarni tayyorlash
- Tinglovchilarni bilimi, ko‘nikmasi, maqsadi va tushunish qobiliyatiga ko‘ra guruxlarga ajratish
- Tinglovchilarda ijodiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni intellektual faoliyatini fanlar bo‘yicha yo‘naltirishga ko‘maklashish
- Fanlar bo‘yicha test, misol va masalalarni yechishning samarali va tezkor usullaridan foydalanishni o‘rgatish
- Oliy o‘quv yurtlariga tayyorlanuvchilar uchun muljallangan matbuot nashrlari bilan xamkorlik qilish
- Tinlovchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish, xalqimizning milliy, maʼnaviy va madaniy anʼanalariga xurmat bilan qarashni kuchaytirish
Ў
tgan 2018-19-o‘quv yilida 10 oy mobaynida tinglovchilarga biologiya va kimyo fanlaridan o‘zbek va rus tillarida, xamda ona tili va adabiyoti fanlarining har biridan 252 soatdan umuman 756 soatlik 10 oylik kurslar tashkil qilingan.
O‘tgan o‘quv yildagi natijalarimizga nazar tashlasak, tinglovchilarimizdan Murtazoyev Xikmatillo, G‘aniyev Javoxir, Valixanova Farida, Siddikova Muslima, Qosimov Nosirjon, Muxamedova Sarvinoz Toshkent tibbiyot akademiyasiga, Burxanova Kamola va Karimjonova Shaxnoza Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga, Otaxonov Ro‘zibek Toshkent stomatologiya institutiga, Mamasodiqova Dilxumor Toshkent farmatsevtika institutiga, Maxmudova Nodira Toshkent Agrar universitetigi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.